
Tesla kompaniyasi AQShda Model Y avtomobili uchun yangi to‘lovli funksiya — Acceleration Boost'ni taqdim etdi, deb Pepelac News xabar berdi. Bu funksiya orqali foydalanuvchilar Tesla ilovasi orqali 2 000 dollar (taxminan 25 million so‘m) to‘lab, avtomobilning quvvatini 100 ot kuchiga oshirishlari va 0dan 96 km/soatgacha tezlashish vaqtini 4,6 soniyadan 4,2 soniyagacha qisqartirishlari mumkin.
Bu funksiya, ayniqsa, Performance versiyasi hali chiqmagan holda, entuziastlar uchun mavjud konfiguratsiyadan maksimal foyda olish imkonini beradi. Yangi Model Y Long Range AWD versiyasi AQShda xaridorlarga yetkazib berilmoqda va Acceleration Boost bu versiya uchun birinchi to‘lovli funksiya hisoblanadi.
Tesla Model YAcceleration BoostYangi FunksiyaAvtomobil QuvvatiFoydalanuvchilar UchunTezlashtirish Vaqti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar