Toshkent markazida Damas va Cobalt yonib ketdi

6 may kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Sodiq Azimov ko‘chasida, 145-sonli maktab yaqinida Damas avtomobili yonib ketdi, deb NOVA24.uz xabar berdi. Olov yonda turgan Cobalt avtomobiliga ham tarqaldi. Guvohlar mustaqil ravishda yong‘inni o‘chirishga harakat qilishdi, ba'zilar esa yaqinidagi mashinalarni olib chiqishga urindi.
Soat 12:22 da yong‘in haqida xabar tushdi. Qutqaruvchilar 6 daqiqa ichida yetib kelishdi va 4 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirishdi. Hech kim jabrlanmadi. Damas deyarli to‘liq yonib ketdi, Cobalt esa zarar ko‘rdi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Soat 12:22 da yong‘in haqida xabar tushdi. Qutqaruvchilar 6 daqiqa ichida yetib kelishdi va 4 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirishdi. Hech kim jabrlanmadi. Damas deyarli to‘liq yonib ketdi, Cobalt esa zarar ko‘rdi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…