date
views 151

O‘zbekistonda «chiroyli» avtorakam 422 mln so‘mga sotildi

O‘zbekistonda «chiroyli» avtorakam 422 mln so‘mga sotildi
O‘zbekistonda «chiroyli» avtorakam 422,3 million so‘mga sotildi, deb xabar berdi Upl.uz. Auksiondagi boshlang‘ich narx 1,9 million so‘m bo‘lib, yakuniy narx undan ancha yuqori bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2 may kuni o‘tkazilgan auksionda 752 ta davlat avtorakami sotildi. Shulardan 707 tasini jismoniy shaxslar, 45 tasini yuridik shaxslar xarid qildi. Savdo g‘oliblari avtorakamni rasmiylashtirish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilishlari kerak.

Avvalroq, «chiroyli» avtorakamlarga bo‘lgan talab ortib, 2024 yilda 195 mingta kombinatsiya sotilgani ma'lum qilingan edi. Eng qimmat avtorakam 965,3 million so‘mga sotilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda «chiroyli» avtorakam 422 mln so‘mga sotildi