
Yaponiyada BMW kompaniyasi o‘zining eng “ko‘rkam” krossoveri — BMW X7 Black-α Edition’ni taqdim etdi, deb Daily Motor xabar berdi. Bu maxsus model BMW tomonidan juda kam hollarda chiqariladigan eksklyuziv nashrlardan bo‘lib, faqat Yaponiya bozori uchun mo‘ljallangan.
Avtomobil Individual Frozen Black nomli mat qora kuzov rangi, 22 dyuymli M-g‘ildiraklar va hashamatli yangilangan interyerni olgan.
Salonda markaziy konsol yapon rassomi Hattori Idzusai tomonidan “maki-e” lak texnikasida bezatilgan va “neodim” dekori bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, Kawashima Fabric kompaniyasi tomonidan tayyorlangan suv to‘lqini naqshli jun gilam ham mavjud.
Texnik jihatdan Black-α Edition quyidagi ikkita versiyada taklif etiladi:
• xDrive40d – 3.0 litrli 6 silindrli dizel dvigatel, 340 ot kuchiga ega.
• M60i xDrive – 4.4 litrli V8 benzinli turbomotor, 530 ot kuchi. Ushbu model 0 dan 100 km/soatga 4.6 soniyada yetadi.
Maxsus seriyaning narxi Yaponiyada 16 250 000 yendan 21 400 000 yengacha, ya’ni taxminan 1 300 000 000 so‘mdan 1 712 000 000 so‘mgacha bo‘ladi.


BMWYaponiyadaBlack-α EditionAvtomobilHasamatli YangilanganMaxsus Seriya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar