Britaniyalik avtomobilsozlar yuzni tanish texnologiyasini patentladi. Endi Jaguar va Land Rover markalarida bu imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.
Mercedes-Benz avtomobilni kalitsiz ochish texnologiyasini tatbiq etgani kabi inglizlarning yuzni tanish texnologiyasi katta yangilikka sabab bo‘lish arafasida.
Patentda yozilishicha, haydovchi eshigining pastrog‘ida ikki kamera joylashtiriladi. Egasi mashinaga yaqinlashishi bilanoq kameralar uni tasvirga oladi va tizim bazasidagi rasmlarga solishtirib ko‘radi. To‘g‘ri kelishi bilanoq bort kompyuteri mashina eshigini ochadi. Qiziq-a?
Mashina egasining rasmini ko‘rsatib ochishga urinishdan himoyalangan. Aynan shuning uchun dinamik va statik tasvir talab qilinadi. Keng burchakli kamera eshik atrofini diqqat bilan kuzatib, egasi kelayotganini qadam tashlashidan sezadi. Ikkinchi kamera esa uning yuzini taniydi. Ikkala kamera tekshiruvidan o‘tishi bilan avtombil eshigi ochiladi.
Tizimni ishga tushirish uchun avtomobil egasi qayd jarayonidan o‘tadi. U avtomobil yoniga yaqinlashishini kameralar yozib oladi,tahlil qiladi va saqlaydi.
JLR injenerlari yuzni tanish texnologiyasi joriy etilishi kalit olib yurishdangina xalos etib qolmasdan, avtomobilni olib qochish holatlarini kamaytirishiga ishonadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?