
Genesis kompaniyasi o‘zining yangi yuqori tezlikdagi elektr krossoveri — GV60 Magma’ni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu model 2024 yilda Gudvudda taqdim etilgan konseptga yaqin dizaynga ega bo‘lib, kuzovining old qismidagi kamuflyaj qisman olib tashlangan holda sinovdan o‘tkazilmoqda.
GV60 Magma Hyundai’ning E-GMP platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, 84 kVt·soatlik batareya va ikki motorli to‘liq harakatlanish tizimiga ega. Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, bu model 700 ot kuchidan ortiq quvvatga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 3,4 soniyada tezlashishi mumkin.
Avtomobilning old qismida katta havo kirish joylari, ikki qavatli panjara va yangi aerodinamik elementlar mavjud. Salon va texnik jihatlar haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan.
GV60 Magma’ning rasmiy taqdimoti 2025 yil iyul oyida Gudvud festivalida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish 2025 yilning uchinchi choragida Janubiy Koreyada boshlanib, yil oxirigacha Yevropaga ham yetkazilishi rejalashtirilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar