
Tesla kompaniyasi 22 iyundan AQShning Ostin shahri (Texas shtati)da haydovchisiz robotaksi sinovlarini boshlaydi, deb rozetked.me xabar berdi.
Sinovlar doirasida Model Y elektromobillarining 10–20 tasi Full Self‑Driving’ning so‘nggi versiyasi bilan oldindan belgilangan marshrutlar bo‘ylab harakatlanadi. Avtomobillarni foydalanuvchilar maxsus ilova orqali chaqirishlari mumkin bo‘ladi. Salon ichida haydovchi bo‘lmaydi, lekin tizimni real vaqt rejimida masofadan kuzatib turuvchi operatorlar nazorat qiladi.
Shuningdek, 28 iyun kuni Tesla zavodidan mijoz uyigacha ramziy avtonom yurish amalga oshiriladi. Bu ko‘rgazmali yurish tizimning ishga tayyorligini namoyish etadi.
Ilon Mask ta’kidlashicha, belgilangan sanalar hozircha dastlabki bo‘lib, qo‘shimcha sinovlar zarur bo‘lsa, kechiktirilishi mumkin. Shunga qaramay, kompaniya bu bosqichni robotaksi rivojida muhim qadamlardan biri sifatida ko‘radi va uni yangi daromad manbai deb baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar