17:52 / 29.11.2016
7 913

Daimler elektromobillar ishlab chiqarishga 10 milliard evro ajratadi

Daimler elektromobillar ishlab chiqarishga 10 milliard evro ajratadi

Daimler kompaniyasining rivojlantirish va tadqiqotlar bo‘limi rahbari Tomas Veber konsernning elektromobillar ishlab chiqarishga 10 milliard evro ajratishini ma’lum qildi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Shuningdek kompaniya elektrokarlar uchun eng yangi akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarishga 10 milliard evro ajratadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda elektrokarlar qatoriga 10 ta model qo‘shiladi, ularning barchasi alohida EQ brendi ostida ishlab chiqariladi. 2019 yilda Generation EQ elektromobilini yig‘ish ishlariga start beriladi. Uning konsepti Parijdagi avtosalonda namoyish qilingan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi biroz GLC Coupe’ga o‘xshab ketadi.

Daimler taxminlariga ko‘ra, 2025 yilga borib, elektrokarlar sotuvlari jahon sotuvlarining 15-25 foizini tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Daimler elektromobillar ishlab chiqarishga 10 milliard evro ajratadi