date

Tesla Model Y o'zini o'zi хaridorga yetkazib berdi

Tesla Model Y o'zini o'zi хaridorga yetkazib berdi
Tesla Model Y Ostindagi zavoddan xaridorgacha o‘z-o‘zidan yetib bordi, deb Rozetked.me xabar berdi. Bu haqda Ilon Mask X sahifasida ma’lum qildi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, elektromobilda na haydovchi va na masofaviy boshqaruv bo‘lgan. U shaharda va avtomagistrallarda to‘liq avtonom harakat qilib, manzilga bir kun erta yetib borgan.

Mask bu holatni “ommaviy yo‘llarda to‘liq avtonom yurishning birinchi holati” deb baholab, Tesla AI jamoasini tabrikladi.

“Mashina ichida hech kim bo‘lmagan, boshqaruv masofadan ham amalga oshirilmagan. Hammasi to‘liq avtonom! Bilishimizcha, bu ommaviy yo‘llarda ilk to‘liq avtonom haydash holatidir”, — deb yozdi Mask.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla Model Y o'zini o'zi хaridorga yetkazib berdi