
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda avtoulovlarga bo‘lgan talab ancha ortayotgani kuzatilmoqda. 2025 yilning yanvar–may oylari oralig‘ida mamlakatga 18 mingdan ziyod yengil avtomobil olib kirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu davr mobaynida import qilingan avtoulovlarning umumiy qiymati 325,3 million AQSH dollariga tenglashdi. Quvonarlisi, bu miqdorning yarmidan ko‘pi — 9 789 donasi elektromobillardir. Bu esa mamlakatda ekologik toza transport vositalariga bo‘lgan qiziqish oshib borayotganidan darak.
Import qilingan avtoulovlarning asosiy qismi quyidagi davlatlardan keltirilgan:
– Xitoy: 15 873 dona,
– Koreya Respublikasi: 1 882 dona,
– Hindiston: 168 dona,
– Yaponiya: 122 dona,
– AQSH: 82 dona,
– Boshqa mamlakatlar: 260 dona.
Ayniqsa, Xitoy avtoindustriyasi O‘zbekiston bozorida mutlaq ustunlikka erishganini ko‘rish mumkin. Buni faqat raqamlar emas, balki shahar ko‘chalarida tez-tez uchraydigan “BYD”, “Chery”, “Geely” kabi brendlar ham isbotlab turibdi.
Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish borasida ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etilmoqda. Yanvardan maygacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda 153 814 dona yengil avtomobil (maxsus toifadagi avtoulovlardan tashqari) ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich mahalliy sanoatning barqaror o‘sishini ko‘rsatadi.
Import va ishlab chiqarishdagi ushbu faollik, bir tomondan, aholi ehtiyojining oshib borishi, ikkinchi tomondan esa, yangi texnologiyalarga yo‘nalgan davlat siyosatining samarasi sifatida baholanmoqda.
Hozirgi tendensiyalar shuni anglatmoqdaki, kelgusi oylarda ham O‘zbekiston avto bozorida raqobat oshishi, tanlov kengayishi va muhitning ekologik jihatdan yaxshilanishi kutiladi. Ishonch bilan aytish mumkin: endilikda xaridorlar nafaqat modellar, balki motor turini ham extiyotkorlik bilan tanlay boshlashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar