date

Volkswagen noqonuniy qurilmalar uchun javobgar deb topildi

Volkswagen noqonuniy qurilmalar uchun javobgar deb topildi

Yevropa Adliya sudi Germaniyaning Volkswagen avtomobil kompaniyasini chiqindi gazlarini yashirish uchun ishlatilgan maxsus qurilmalar uchun javobgar deb topdi.

Gap “defeat device” deb ataladigan maxsus dastur va qurilmalar haqida ketmoqda. Ular avtomobillar sinovdan o‘tayotganida zararli gaz chiqindilarini sun’iy ravishda kamaytiradi. Sud bunday qurilmalar hatto avtomobil texnik talablarga javob bergan taqdirda ham noqonuniy ekanini ta’kidladi.

Mazkur qaror Germaniyada Volkswagen’ga qarshi ochilgan ikkita sud ishi asosida chiqarilgan. Bu avtomobillarda ushbu qurilmalar ishlab chiqarish bosqichida yoki keyinchalik dasturiy yangilanish orqali o‘rnatilgani aniqlangan.

Sud, avtomobil xaridorlariga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lanishi kerakligini bildirdi. Bu kompensatsiya avtomobildan foydalanish muddati hisobga olingan holda kamaytirilishi mumkin, lekin xarid narxining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Volkswagen vakillari ushbu qarorga izoh berar ekan, kompaniya uchun katta o‘zgarish bo‘lmasligini, chunki ko‘pchilik da’volar Germaniyada allaqachon yopilganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, “defeat device” — bu mashina chiqindilarini nazorat qilish tizimini aldov yo‘li bilan boshqaradigan maxsus qurilma yoki dasturdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volkswagen noqonuniy qurilmalar uchun javobgar deb topildi