
AQShning Kolorado shtatida joylashgan Radia kompaniyasi “WindRunner” deb nomlangan dunyodagi eng katta yuk samolyotini qurishni rejalashtirmoqda. Ushbu samolyot aynan ulkan shamol qurilmalarining yirik qanot elementlarini yetkazib berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu loyiha quruqlikdagi shamol energetikasi salohiyatini sezilarli kengaytirishi mumkin.
WindRunner loyihasiga qariyb 150 million dollar sarmoya jalb etilgan. Samolyot 108 metr uzunlikka va 80 metr qanot kengligiga ega bo‘ladi. U bitta 105 metrli yoki ikkita 95 metrli turbina pichog‘ini tashishga qodir bo‘ladi. Qurilish rejalari bo‘yicha, u 1800 metrli shag‘alli uchish-qo‘nish yo‘laklariga ham moslashtiriladi.
Mutasaddilar loyihaning muvaffaqiyati energetika va harbiy yuk tashish bozorida katta burilish yasashini ta’kidlamoqda. Shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi ham samolyotdan harbiy yuk tashishda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan.
Hozircha loyiha faqat yelvizak tunnelidagi kichik model sinovlari bosqichida, biroq kompaniya 2030-yilgacha birinchi real parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar