Chunsin shahrida yo‘lovchi tashigan Apollo Go haydovchisiz taksi tasodifan qurilish maydonidagi transheyaga tushib ketdi. Baxtiga, salondagi ayol yo‘lovchi jarohat olmagan — mahalliy aholi va qurilish ishchilari uni chiqarishga yordam berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish hududida to‘siqlar va ogohlantiruv belgilar o‘rnatilgan bo‘lgan. Ammo nega robot-avtomobil baribir chuqurga tushib qolgani hozircha noma’lum. Bu voqea Xitoyda avtonom taksilar xavfsizligi haqidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda raqobatchi Pony.ai kompaniyasiga tegishli boshqa bir haydovchisiz taksi Pekin ko‘chalarida yongani haqida xabar berilgan edi. Kompaniya tushuntirishicha, yo‘lovchilar bo‘lmagan va yong‘inga tizimdagi nosozlik sabab bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar