Denov tumanida umumiy qiymati 30 million dollar bo‘lgan, yillik quvvati 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.
Viloyat hokimligi bergan xabarga ko‘ra, mazkur korxona – «Humo new energy» MCHJ tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdi. Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, tayyor yuk avtomobillarini ko‘zdan kechirdilar.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan arzon va sifatli yengil yuk mashinalarining asosiy butlovchi qismlari mahalliy sharoitda tayyorlanishi aholiga hamyonbop va ishonchli transport vositalari taqdim etish imkonini yaratadi.
Loyihaning keyingi bosqichida yengil yuk elektromobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Surxondaryoda yengil yuk avtomobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar