Daniyada poyezd yuk tashuvchi mashinaga urilishi oqibatida relsdan chiqib ketdi. Hodisada kamida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu Daniyada so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng yirik temiryo‘l halokatlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Politsiya hodisa Tinglev va Kliplev shaharlari orasidagi temiryo‘l kesishmasida yuz berganini tasdiqladi. Baxtsiz hodisadan so‘ng voqea joyiga o‘nlab tez yordam mashinalari va qutqaruvchilar yuborilgan, shuningdek, jarohatlanganlarni tezkor evakuatsiya qilish uchun bir nechta vertolyot ham jalb etilgan.
Poyezdda jami 95 yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida maktab o‘quvchilari ham bor edi. Rasmiylarning aytishicha, vagonlardan biri yon tomonga ag‘darilib, yo‘lovchilarning bir qismini evakuatsiya qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Jarohatlangan ikki kishi vertolyot yordamida shifoxonaga yetkazilgan, qolganlar esa voqea joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Yo‘lovchilar xavfsiz joyga olib chiqilib, ularning yaqinlariga xabar berilgan.
Hodisaning aniq sabablari tergov qilinmoqda, dastlabki taxminlarga ko‘ra, yuk mashinasi temiryo‘l kesishmasida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar