Kanadada Air Canada aviakompaniyasining 10 mingdan ortiq bortkuzatuvchilari ish tashlashni davom ettirishini ma’lum qildi. Ular hukumatning ishga qaytish haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasligini aytib, buni “konstitutsiyaga zid” deb baholashdi.
Hukumat ish tashlashni to‘xtatish uchun majburiy arbitraj qarorini chiqargan edi. Bu qarorga ko‘ra, xodimlar yakshanba kuni tushdan oldin ishga qaytishi kerak edi. Biroq kasaba uyushmasi muzokaralarga qaytib, adolatli shartnoma tuzishni talab qilmoqda.
Ish tashlash tufayli shanba kuni 700 ga yaqin reys bekor qilindi va 100 mingdan ortiq yo‘lovchi qolib ketdi. Air Canada esa kelgusi 7–10 kun ichida ham ayrim parvozlar bekor bo‘lishi mumkinligini ogohlantirdi.
Asosiy nizo – bortkuzatuvchilarning samolyot uchmay turgan paytda qiladigan ishlari uchun to‘lov masalasida. Ular hozirda faqat samolyot harakatlana boshlaganda ish haqi olishadi.
Bu Air Canada xodimlarining 1985-yildan beri ilk bor ish tashlashidir. Mutaxassislarning aytishicha, mojaro tez orada hal qilinmasa, bu Kanada iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar