Iyul oyida UzAuto Motors Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini keskin qisqartirdi. Xaridorlarga atigi 7 193 dona avtomobil topshirildi. Taqqoslash uchun, iyunda bu ko‘rsatkich 13 035 dona bo‘lgan. Sabab sifatida zavoddagi yozgi profilaktika ishlari aytilmoqda, deb yozmoqda Autostrada.uz sayti.
Shu bilan birga, bozorda o‘rta narxli modellarga talab oshmoqda. Chevrolet Tracker savdolari 43,8%, Onix esa 88%ga ko‘paydi. Kia Sonet, BYD Yuan Up, Chery va Haval kabi modellarning savdosi ham 1,5–2 barobarga oshgan.
Jami 2025-yilning yetti oyida O‘zbekistonda 216 283 ta yengil mashina sotilgan. Ulardan 178 313 tasi Chevrolet, 14 239 tasi Kia va 12 211 tasi BYD brendiga to‘g‘ri kelgan. UzAuto bozorning 82,5% ulushi bilan yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!