date

Xitoyda elektromobil urushi: BYD foydasi keskin kamaydi

Xitoyda elektromobil urushi: BYD foydasi keskin kamaydi
Xitoyda elektromobil urushi: BYD foydasi keskin kamaydi
Xitoyning mashhur elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD foydasi kamaygani sababli aksiyalari 8 foizga tushdi. Bunga mashinalar narxini tushirish bo‘yicha raqobat sabab bo‘ldi.

BYD aprel–iyun oylarida sof foydasi 6,4 milliard yuan (taxminan 900 million dollar)ni tashkil etganini ma’lum qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga kam. Kompaniya narxlar bo‘yicha raqobatning keskinlashgani butun sohani salbiy ta’sirga uchratayotganini bildirdi.

BYD Tesla, Nio va XPeng kabi raqiblar bilan raqobatlashmoqda. Xaridorlarni jalb qilish uchun ular ham narxlarni tushirmoqda.

So‘nggi ikki yilda Xitoyda mashinalar narxi o‘rtacha 19 foizga arzonlashgan. Mutaxassislar bunday holat kelajakda ortiqcha avtomobil ishlab chiqarishga olib kelishi mumkinligini aytmoqda.

Shunga qaramay, BYD hanuz dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib qolmoqda va o‘sishda davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda elektromobil urushi: BYD foydasi keskin kamaydi