date

O‘zbekistonda sakkiz oy ichida elektromobil importi ikki barobarga o‘sdi

O‘zbekistonda sakkiz oy ichida elektromobil importi ikki barobarga o‘sdi

2025-yilning yanvar–avgust oylari davomida O‘zbekistonga 29 mingga yaqin elektromobil olib kirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga ko‘p bo‘lib, elektromobillar bozoridagi sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berildi, deb ma’lum qildi customs.uz.

Ma’lum qilinishicha, ushbu davrda mamlakatga umumiy 42 ming 230 dona yengil avtomobillar import qilingan. Ular uchun to‘langan umumiy mablag‘ 640,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan. Solishtirish uchun, 2024-yilning shu davrida 47 ming 928 dona avtomobil olib kirilgan va 914,7 mln dollar sarflangan edi.

Ayniqsa elektromobillar importidagi o‘sish darajasi judda katta. 2025-yilning sakkiz oyida 28 ming 948 dona elektrokar olib kirilgan bo‘lib, bu 2024-yildagi 12 ming 907 donaga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir. Moliyaviy sarf ham sezilarli oshgan: 2024-yilda 166,7 mln dollar sarflangan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 358,9 mln dollarni tashkil etmoqda.

Ana shunday o‘sish fonida benzin va hibrid dvigatelli avtomobillar importi esa pasayishni ko‘rsatdi. Benzinda harakatlanuvchi 11 ming 166 dona avtomashina uchun 233,6 mln dollar sarflangan. Solishtirish uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 24 ming 995 dona va 541,1 mln dollar edi. Hibrid avtomobillar importi ham sezilarli darajada kamaygan: 2025-yilda 2 ming 25 dona hibrid olib kirilgan va 46,1 mln dollar tushum qayd etilgan. Bu esa o‘tgan yildagi 10 ming 017 dona va 192,8 mln dollarlik importdan ancha kamdir.

Shu bilan birga, dizel motorli avtomobillar importida kichik bo‘lsa-da o‘sish kuzatilmoqda. 2025-yil davomida 91 dona dizel dvigatelli avto olib kirilgan bo‘lib, ular uchun 2,1 mln dollar sarflangan. Solishtirish uchun, 2024-yilning mos davrida faqat 9 dona dizel avtomobil import qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda sakkiz oy ichida elektromobil importi ikki barobarga o‘sdi