
2025 yilning 1 noyabridan boshlab, avtomobillarga gaz balon o‘rnatilganidan so‘ng, "texpasport"ni yangilash yoki almashtirish majburiyati bekor qilinadi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ravishda xabar berdi. Prezidentning 2025 yil 16 sentyabrda qabul qilingan "Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-286-sonli qarori asosida bu yangilik joriy etilmoqda. Qarorga ko‘ra, 1 noyabrdan boshlab avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazishda gaz balonining o‘rnatilishi haqidagi ma’lumotlar elektron shaklda qayd etiladi.
Bundan oldin, har safar gaz baloni o‘rnatilganida, avtomobil egasi texpasportini yangilash uchun tegishli idoraga murojaat qilishi kerak edi. Endi esa, ushbu jarayon butunlay elektronlashtiriladi va avtomobilning yangi ro‘yxatga olish guvohnomasini yangilash shart emas bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar raqamli texnologiyalarni joriy etish va davlat xizmatlarini yanada soddalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ilgari 2026 yilning 1 yanvaridan boshlab, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomobillardan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanishi taklif qilingan edi. Biroq, hozirda bunday taqiq haqidagi qaror hali amalga oshirilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar