Germaniyaning dunyoga mashhur BMW kompaniyasi o‘zining fuqarolar uchun modellari dizayni bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisni tanladi. Bu lavozimga Skoda kompaniyasining sobiq bosh dizayneri Yozef Kaban loyiq ko‘rildi. U yangi vazifasida Karim Habib o‘rnini egallaydi, deb yozadi Kun nashri.
M- va i-modellarining tashqi ko‘rinishlari bilan esa Domagoy Dukech shug‘ullanadi. U 2010 yildan buyon BMW kompaniyasida ishlaydi, bungacha ayrim modellarning ekstererlariga mas’ul bo‘lgan, xususan, BMW i bo‘limida faoliyat yuritgan.
Kaban ham, Dukech ham BMW kompaniyasiga qarashli barcha bo‘linmalarning bosh dizayneri Adrian van Xoydonkka bo‘ysunadi.
Karim Habib 2012 yildan BMW shef-dizayneri bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, uning yangi ish joyi ham avtomobil sanoati bilan bog‘liq, ammo qaysi kompaniya ekani hozircha noma’lum.
Yozef Kaban BMW kompaniyasiga qadar Volkswagen konserniga tegishli kompaniyalar modellarining dizayni bilan shug‘ullangan. Xususan, u Skoda Octavia, Kodiaq va Superb, Volkswagen Lupo hamda Bugatti Veyron modellari chizmasida ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi