date

Sanksiyalarga qaramay xorijiy avtomobillar Rossiyaga kirmoqda

Sanksiyalarga qaramay xorijiy avtomobillar Rossiyaga kirmoqda

Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari joriy etgan sanksiyalarga qaramasdan, xorijiy ishlab chiqarilgan avtomobillar Xitoy orqali Rossiya bozoriga kirib kelishda davom etmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, BMW hamda qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobil yetkazib berishni rasman to‘xtatgan. Biroq, shunga qaramay, mazkur transport vositalari turli vositachi kompaniyalar orqali Rossiyadagi dilerlarga yetkazib berilmoqda.

Agentlik ta’kidlashicha, bunday aylanma yo‘l orqali amalga oshirilayotgan import hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, 2025 yil davomida Rossiyada sotilgan xorijiy avtomobillarning qariyb yarmi aynan Xitoy orqali olib kirilgani ma’lum qilingan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu holat Xitoyning xalqaro savdo va logistika tizimidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, amaldagi sanksiyalar sharoitida kompaniyalar va bozor ishtirokchilari tomonidan muqobil ta’minot yo‘llari va yangi logistik zanjirlar shakllantirilayotganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Sanksiyalarga qaramay xorijiy avtomobillar Rossiyaga kirmoqda

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari