17:24 / 23.03.2017
7 094

Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda avtomobillar yig‘ishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda avtomobillar yig‘ishni rejalashtirmoqda
Qozog‘iston o‘zbek avtomobil sanoati bilan hamkorlikda yig‘ish korxonasini tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Kun.uz» nashri.

«Bugun forum yakuni bo‘yicha qiymati 94 mln dollar bo‘lgan o‘nta hujjat imzolanadi. Ulardan ba’zi birlari haqida to‘xtalib o‘tishim mumkin: bu o‘zbek avtomobil sanoati bilan hamkorlikda yig‘ish korxonasini tashkil etish, farmasevtika yo‘nalishi bo‘yicha kelishuv», - deya xabar berdi «Atameken» milliy ishbilarmonlar palatasi boshqaruvi raisi Nurjon Altaev Ostonadagi qozoq-o‘zbek forumi doirasida.

Shuningdek, tomonlar oziq-ovqat sanoati, farmasevtika, neft va neft mahsulotlarini etkazib berish bo‘yicha uchta qo‘shma savdo uyini yaratishni rejalashtirmoqda. Tashkil etiladigan savdo uylari har ikki tomonga yengillashtirilgan tartibda savdo ishlarini olib borish imkonini beradi.

«Hozirda biz yengil sanoat bo‘yicha ham savdo uyini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Altaev.

Bundan tashqari, bugun Qozog‘iston tashqi savdo palatasi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Ishchi kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolanadi. Kengash har ikki davlat ishbilarmonlarini barcha tadbirlar, forumlar hamda ishchi uchrashuvlari haqida xabardor etish bo‘yicha tizimni yaratish imkonini beradi.

Uchrashuv davomida qayd etilishicha, bugungi kunda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi taxminan 1,5 mlrd dollarni tashkil etadi. Yaqin yillarda bu raqamni 5 milliardga qadar oshirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda avtomobillar yig‘ishni rejalashtirmoqda