date

Endi mashina yurgan masofasini soxtalashtirish jazolanadi

Endi mashina yurgan masofasini soxtalashtirish jazolanadi

O‘zbekistonda avtomobilning yurgan masofasini o‘zgartirib sotish holatlariga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqdagi qonun 19-may kuni ma’qullandi.

Unga ko‘ra, odometr ko‘rsatkichini o‘zgartirgan yoki qurilmani almashtirgan, ammo bu haqda xaridorga ma’lum qilmagan sotuvchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Bunday holatlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganiladi va keyin sudda ko‘rib chiqiladi. Asosiy dalil sifatida ekspert xulosasi inobatga olinadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 178-2-modda bilan to‘ldirilmoqda. Qoida, asosan, xaridorning murojaati asosida aniqlangan holatlarga tatbiq etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Endi mashina yurgan masofasini soxtalashtirish jazolanadi