Rossiyada ilk bor Tank 300 yoʻltanlamasini yigʻish boshlandi

Rossiyada ilk bor Tank 300 yoʻltanlamasini yigʻish boshlandi

Kaliningraddagi “Avtotor” zavodi Tank 300 ramali yoʻltanlamasini seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Bu Tank brendi avtomobillarining Rossiya hududida mahalliylashtirilgan ilk holati boʻlib, loyiha doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

“Za rulyom” nashri bosh muharriri Maksim Kadakovning soʻzlariga koʻra, korxonada tayyor payvandlangan va boʻyalgan kuzovlardan foydalangan holda kichik uzelli yigʻuv jarayoni amalga oshirilmoqda. Kelgusida ishlab chiqarishni yanada chuqurlashtirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda.

Texnik jihatdan Rossiyada yigʻilgan Tank 300 modellari import qilinadigan versiyalardan farq qilmaydi. Avtomobil 218 ot kuchiga ega 2,0 litrli benzinli turbomotor, 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va toʻliq uzatmali (4WD) tizim bilan jihozlangan.

Shuningdek, yoʻltanlamas pastlatuvchi uzatma va differensial qulflash tizimlariga ega boʻlib, murakkab yoʻl sharoitlariga moslashgan. Hozirda Rossiya bozorida 2026-yilgi modeldagi Tank 300 narxi komplektatsiyasiga qarab 4,5 milliondan 5,2 million rublgacha taklif etilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar