Belgee krossoverlari Belarusda ishlab chiqarilgan multimedia tizimlari bilan jihozlanadi

Rossiya va Belarus bozorlarida ommalashgan Belgee krossoverlari yanada mahalliylashtiriladi. 2027-yilda ushbu avtomobillar uchun asboblar paneli, multimedia tizimlari, displeylar va boshqaruv bloklarini ommaviy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Belarus Sanoat vazirligi maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Loyiha doirasida Belgee kompaniyasining hamkori sifatida oʻzining noutbuklari, planshetlari, televizorlari va SSD qurilmalari bilan tanilgan yirik "Gorizont" sanoat xoldingi ishtirok etadi. Ushbu hamkorlik avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish darajasini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan.
Sanoat vaziri Andrey Kuznetsovning taʼkidlashicha, bu qadam sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning muhim bosqichidir. Yangi butlovchi qismlar avtomobillarning tannarxini pasaytirish va tashqi yetkazib beruvchilarga qaramlikni kamaytirish imkonini beradi.
Hozircha mahalliylashtirish jarayoni Belgee avtomobillaridagi raqamli bort tizimlarining funksionalligiga qanday taʼsir koʻrsatishi haqida aniq maʼlumotlar berilmagan. Biroq, dasturiy taʼminot va interfeys mahalliy bozor ehtiyojlariga moslashtirilishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…