Subaru avtomobillari piyodalarni ham xavfsizlik yostiqchasi bilan himoya qiladi

Subaru avtomobillari piyodalarni ham xavfsizlik yostiqchasi bilan himoya qiladi

Yaponiyaning Subaru kompaniyasi avtomobillarida nafaqat haydovchi va yo‘lovchilar, balki piyodalarni ham himoya qilishga mo‘ljallangan tashqi xavfsizlik yostiqchasi qo‘llanadi. Ushbu tizim to‘qnashuv vaqtida piyodaning boshidan og‘ir jarohat olish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Subaru'ning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, tizim avtomobil taxminan 25–60 km/soat tezlikda harakatlanayotganda, muayyan to‘qnashuv sharoitlarida ishga tushadi. Xavfsizlik yostiqchasi kapotning orqa qismi, old oynaning pastki sohasi va old yon ustunlarini qoplaydi. Bu piyodaning boshi qattiq qismlarga urilishi oqibatidagi jarohatlarni kamaytirishga yordam beradi. Biroq tizim har qanday to‘qnashuvda ham ishga tushavermaydi.

Piyodalarni himoya qiluvchi bunday texnologiyani birinchilardan bo‘lib Volvo 2012 yilda taqdim etgan. Kompaniyaning Volvo V40 modeli ushbu tizim bilan jihozlangan. Jaguar Land Rover ham ayrim avtomobillarida shunga o‘xshash texnologiyadan foydalangan.

Subaru esa piyodalarni himoya qiluvchi tashqi xavfsizlik yostiqchalarini ayrim modellarida qo‘llashda davom etmoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu texnologiya Yaponiyada sotiladigan bir nechta modelda mavjud. Jihozlanish avtomobil modeli va ishlab chiqarilgan yiliga qarab farq qiladi.

Krash-testda avtomobilning old kapotiga o‘rnatilgan xavfsizlik yostig‘i manekenni urmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar