Foto: “Gazeta.uz”
“O‘zavtosanoat” O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda», deya xabar qildi kompaniya boshqaruv raisi Umidjon Salimov payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. , — dedi u.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, “O‘zavtosanoat” rahbari elektromobillarni “Bu avtomobilsozlik kelajagi”, deb atagan.
“Biz Toshkentdagi Turin universiteti qoshidagi Innovatsiya markazida elektromobillarni ishlab chiqarishni joriy etish va tashkil qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruh tashkil qildik. Buni biz qilamiz”, — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.
“Bu biz uchun yangi yo‘nalish va biz hozirda elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqmoqdamiz”. Hujjat ikki oy davomida tayyor bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, elektromobillar ishlab chiqaruvchi potensial hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, dedi Umidjon Salimov.
U shu yozda Toshkentga test sinovlarini o‘tkazish uchun ikki dona elektromobil namunasi — “Chevrolet Bolt” va Xitoyning “JAC” modeli olib kelinishini ma’lum qildi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab — Andijondan Qoraqalpog‘istongacha yurib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi