9 313
GM Uzbekistan shu yilning o‘zida Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshlaydi
GM Uzbekistan shu yilning o‘zida Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda «Podrobno.uz»ga asosan Hordiq nashri xabar bermoqda.
«O‘zavtosanoat» vakiliga ko‘ra, birinchi bosqichda avtomobil Toshkentdagi quvvatlar yordamida yig‘iladi. Kelgusi yildan boshlab esa Asakadagi avtomobil zavodida to‘laqonli seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.
Ishlab chiqarishning yillik hajmi bozordagi talabdan kelib chiqib belgilanishi bildirilmoqda.
Chevrolet Tracker 140 ot kuchiga ega 1,8 litrli dvigatel bilan jihozlanishi ko‘zda tutilmoqda. Yoqilg‘i xarajati 100 kilometrga 8,1 litrni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, mazkur avtomobil 2016 yilda o‘zbek avtomobilsozlari tomonidan murakkab sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgandi: Tracker Orol dengizigacha borib, so‘ng ortga, zavodga qaytib kelgan, sahrolar osha minglab chaqirim yo‘l bosgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi