Qozog‘iston o‘z avtomobil markasini yaratishga kirishdi

Avto1 daqiqa o'qish9.9K
Qozog‘iston o‘z avtomobil markasini yaratishga kirishdi
Qozog‘iston o‘z avtomobil brendini yaratish yo‘lida dastlabki ishlarni boshlab yubordi, deb xabar qildi Qozog‘iston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi raisi Andrey Lavrentyev Kazinform nashriga.

“Bu, O‘zbekistonning Uz-Daewoo yoki Rossiyaning Lada avtomobillari kabi, Qozog‘istonning o‘z avtomobil markasi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar qachon tugatilishini ayta olmayman, lekin Hukumat aniq maqsadni oldimizga qo‘ydi. Asosiysi – sarmoyadorlar ham ushbu loyihaga qiziqish uyg‘otmoqda. Yaqin kelajakda hamyurtlarimizni yaxshi yangilik bilan xursand qilsak ajab emas”, - dedi Lavrentyev matbuot anjumanida.

Lavrentyev aytishiga qaragandan, Qozog‘iston milliy avtomobili Xitoyning Jac korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi ham mumkin. Kompaniya ushbu loyihani o‘z mablag‘idan moliyalashtirishga ham tayyor.
Qozog‘iston avtomoblining nomi va uning qachon bozorga chiqishi ham hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qozog‘istonda Lada, Kia, Hyundai, Skoda, Chevrolet va Iveco nomli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda, lekin o‘z avtomobil brendi Qozog‘istonda hech qachon bo‘lmagan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil Qozog‘istonda 60 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Ulardan yarmi – Respublika ichida ishlab chiqarilgan avtomobillar. 2017 yilga nisbatan avtomobil savdosi hajmi 24 foizga o‘sgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?