
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining barcha qatlamlari qurbi yetadigan arzon avtomobillar ishlab chiqarish haqidagi qarorni imzoladi.
O‘zbekistonda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bu prezident qarorida 2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Xususan:
– yengil mashina ishlab chiqarish hajmi yiliga 350 mingtaga yetkaziladi;
– yengil avtomobillar o‘rtacha 60 foizgacha mahalliylashtiriladi;
– yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmi yiliga 10 mingtagacha oshiriladi;
– yiliga 100 mingta avtomobil eksport qilinadi;
– qator avtomobil modellari yangilanadi.
Shuningdek, «UzAutoMotors» bilan 2019 yil 1 oktyabrdan keyin shartnoma qilingan mashinalar aksiz solig‘idan ozod etiladi.
2019 yil 1 dekabrgacha «General Motors» bilan 2019-2022 yilga mo‘ljallangan barcha muzokaralar va shartnomalar nihoyasiga yetkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar