Dunyoda eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchilari orasida Janubiy Koreyaning Genesis brendi yetakchilik qilmoqda.
J.D. Power konsalting kompaniya tahlilchilari 3 yillik avtomobillar egalari orasida so‘rovnoma o‘tkazib, dunyodagi eng ishonchli avtomobil markalarini aniqlashdi. 2019 yil natijalari bo‘yicha Genesis brendi g‘olib deb topildi.
Ekspertlar har bir brendga tegishli avtomobilni baholash uchun uni boshqaruvchi 100 kishi bilan so‘rovnoma o‘tkazishgan va ular 2 yil davomida ushbu mashinalardan foydalanishda to‘qnash kelgan muammolari sonini tahlil qilishgan. Bunda shikoyatlar bir necha toifaga bo‘lingan, biroq faralar ishdan chiqishidan tortib smartfonni Bluetooth bo‘yicha ulashda yuzaga kelgan muammolargacha hisobga olingan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchisi reytingda ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, Genesis g‘olib bo‘lgan. Ushbu markaning ikkita modeli bo‘yicha 100 ta avtomobilga 89 ta shikoyat tushgan. 2-o‘rinni Lexus egallagan. Ushbu brendning har bir avtomobili bo‘yicha bittadan shikoyat bildirilgan. 3-o‘rinni 103 ta shikoyat bilan “Byuik” egallagan.
Tadqiqot qoidasiga ko‘ra baholanuvchi avtomobillar kamida 3 yildan beri sotilayotgan bo‘lishi kerak.
Reytingning eng quyi pog‘onalarini Volvo (185 ta shikoyat), Jaguar (186 ta shikoyat), Chrysler (214 ta shikoyat) va Land Rover (220 ta shikoyat) brendlari egallagan.
Bungacha eng ishonchli 3 yillik mashinalar reytingiga qatorasiga 8 yil Lexus yetakchilik qilib kelayotgandi.
Bundan tashqari, mutaxassislar avtomobilsozlik sanoati bo‘yicha shikoyatlar o‘rtacha ko‘rsatkichi yaxshilanganini qayd qilishgan. Bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 2 punktga - 136 tadan 134 ta shikoyatgacha kamaygan bo‘lsa-da, ammo oxirgi 31 yil ichida eng yaxshi ko‘rsatkich ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»