18:28 / 11.03.2020
9 286

Avtomobil zavodi yopilsa 34 millionli xalq nima yo‘qotadi? «O‘zavtosanoat» mutasaddilari javob berdi (video)

Avtomobil zavodi yopilsa 34 millionli xalq nima yo‘qotadi? «O‘zavtosanoat» mutasaddilari javob berdi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
«O‘zavtosanoat» mutasaddilari va Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari o‘rtasida avtomobillar narxi oshishi borasida muhokama bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mutasaddilarga savol berdi.

Iste’molchilar shu vaqtga qadar bir narsaga ko‘p guvoh bo‘lishgan — eksportga va mahalliy bozorga chiqarilgan avtomobillar o‘rtasida katta farq bor. Xususan, o‘zim ham mashina olgan bo‘lsam, Sergelidagi bozorga olib borib, difektlarini tuzatishga, qo‘shimcha detallar qo‘yishga pul sarflaganman. Mashina zavodi bilan bozor o‘rtasida «shartnoma» bormi, ustalar qayerda nimani almashtirish kerakligini yaxshi bilishadi va bir zumda almashtirib beradi. Bu haqda nima deya olasiz?

Yana bir savol — «UzAuto» yopilsa, 34 millionli xalq nimani yo‘qotadi?
— deya savol berdi Rasul Kusherbayev.

Ushbu savolga «O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish, tahlil va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov javob berib o‘tdi.

Bu savolga javob berishda sifat va komplektatsiya o‘rtasidagi farqni tushunish lozim. Eksport va mahalliy ishlab chiqaruvchi uchun talablar o‘zgacha. Masalan, Rossiyada iqlim sovuqroq bo‘lgani uchun oldingi o‘rindiqlarda isitkichlar bo‘lishi lozim. Buni ichki bozor uchun chiqarishimiz mumkin, ammo narx oshishiga olib keladi.

Agar ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobil to‘loviga ham 500 ming so‘m qo‘shilsa, siz aytgan komplektatsiya kelib chiqadi. Ammo bu ham narx yana oshishiga olib keladi. Agar boshqa usta bu opsiyalarni sotib olib qo‘ysa, 2-3 million qimmatga tushadi.

O‘zbekistonda ham kunduzgi chiroqlar qo‘yish bo‘yicha talab boshlangandan so‘ng biz ham avtomobillarga o‘rnatishni boshladik. Bu holat narxga ta’sir ko‘rsatmadi.
Sifatga keladigan bo‘lsak, eksportga chiqarilayotgan avto ham, mahalliy bozor uchun ham bitta konveyerdan chiqariladi.

Braklarga keladigan bo‘lsak, nafaqat bizda, balki boshqa korxonalarda ham uchraydi. Bu inson faktori bilan bog‘liq. Agar avtomobillarda defekt bo‘lsa, iltimos bizga yetkazing. Agar bizga o‘sha kamchiliklar aytilsa, xatolarimizni bilsak, to‘g‘irlashimiz oson bo‘ladi
, — deb aytdi Rustam Qodirov.

Munozara davomida «UzAuto» yopilsa 34 million xalq nimani yo‘qotadi?», degan savolga «O‘zavtosanoat» mutasaddilari quyidagicha javob berdi: «18 mingta ish o‘rni yo‘qotiladi. Har bir ishchimizning oilasida kamida uch nafardan a’zo borligini inobatga olsak, bu raqamni uch-to‘rtga ko‘paytirish mumkin. Shuningdek yana 4 million (AQSH dollari - tahririyat izohi) QQS solig‘i ham yo‘qotiladi».

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev bu javobga quyidagicha e’tiroz bildirdi:
«Kechirasiz, siz aytayotgan 4,2 trillion QQSni siz emas, balki xalqimiz to‘lamoqda. Hammasi iste’molchining gardanida!»

«O‘zavtosanoat» mutasaddilari va deputatlar o‘rtasidagi munozara yakunida Oliy majlisda avtosanoat bilan bog‘liq holatni o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil etish taklifi berildi.
UzAuto Motors avtomobil narxlarini nega oshirdi? Rasmiylarning javobi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan "O'zavtosanoat" AJ mas'ullari ishtirokida Parlament eshituvi o'tkazildi. Unda mutaxassislar avtomobillarning narxi nega oshganligini tushuntirib berishdi.

Опубликовано UZREPORT TV Среда, 11 марта 2020 г.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobil zavodi yopilsa 34 millionli xalq nima yo‘qotadi? «O‘zavtosanoat» mutasaddilari javob berdi (video)