Foto: AutoLeitner
Niderlandiyada 1975 yilda ishlab chiqarilgan Maybach 62 intereri elementlariga ega Mercedes-Benz 600 Pullman sotuvga qo‘yildi. Limuzinni qayta jihozlash Daimler AG mutaxassislariga ishonib topshirilgan, deb xabar beradi Motor.
Takomillashtirilgan Pullman orginal jihatlarini saqlab qolgan va oldingidek klassik avtomobil sinfiga kiradi.
Mercedes-Benz Classic zavodi mutaxassislari oldiga 1960 yillar boshida loyihalangan limuzin salonini zamonaviy talablarga xos tarzda jihozlash, uning tashqi ko‘rinishi va texnik jihatini saqlab qolish talablari qo‘yilgan. Mercedes-Benz 600 Pullman Maybach Restomod tashqi ko‘rinishidan W100 kuzovidagi oddiy limuzinga o‘xshaydi: faqatgina nostandart Perlmutt Weis rangi bilan ajralib turadi.
Avtomobil salonida zamonaviy detallar uyg‘unligi mavjud, masalan, elektromoslashuvchan o‘rindiqlar, orqani ko‘rish kamerasi, yorug‘likni boshqaruvchi panorama tomi va hokoza. Shuningdek, klassik panellar qurilmasi va rul, soatlar, 1970 yillardagi radiopriyomnik saqlanib qolgan.
Limuzin 250 kuchga ega 6,3 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi. W100 hozirga qadar 1112 kilometr masofa bosgan bo‘lib, yetti yil davomida qayta jihozlangan va 3 million yevro sarflangan.
AutoLeitner o‘z turida yagona bo‘lgan ushbu avtomobilni 2 million 150 ming yevroga sotishga tayyor.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»