18:00 / 29.04.2020
3 450

Internetda yangi avlod Range Rover’ining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Internetda yangi avlod Range Rover’ining ilk suratlari paydo bo‘ldi
Foto: Autocar
Britaniyaning Land Rover kompaniyasi yangi avlod ulkan yo‘ltanlamasini tayyorlamoqda va u 2021 yildan bozorlarga chiqadi, deb xabar berdi Autorambler.

Beshinchi avlod modelining seriyaoldi kuzov paneli prototipi kamuflyaj ostida sinov yo‘lagiga chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model ustida ishlar kechiktirilmagan va u 2021 yilning oxiriga borib dilerlik salonlarida paydo bo‘lishi kerak.

Model dizayni haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, biroq konsepsiyasining umumiy tuzilishi ochiq-oydin — avtomobil o‘zidan oldingi «ajdodi» kabi bo‘ladi va ko‘zga tashlanuvchanlikni saqlab qoladi. Prototipda modelning ancha keng old va orqa tomoni, shuningdek, kengayirilgan g‘ildiraklar yoyini ko‘rish mumkin.

Yangi Range Rover zamonaviy model kabi standart va kengaytirilgan g‘ildiraklar bazasi bilan ishlab chiqariladi. Uning asosini turli avtomobillar, jumladan, gibrid va elektrokarlar uchun yaratilgan Modular Longitudinal Architecture (MLD) shassisi tashkil etadi. Yaqin Sharq va AQSH kabi davlatlarga 4,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan modellari taqdim etiladi.

Foto: Autocar
Boshqa mintaqa xaridorlari uchun esa gibrid versiyalari, xususan, elektromotorli plug-in, shuningdek, to‘liq elektr quvvatida ishlovchi yo‘ltanlamas Osiyo bozorlari uchun taklif etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Internetda yangi avlod Range Rover’ining ilk suratlari paydo bo‘ldi