Foto: Motor-klassik
Germaniyada dunyodagi eng mitti seriyali avtomobil — Peel P50 sotuvga qo‘yildi. Mashina 150 ming yevroga baholangan. 2019 yilda mashina dunyoga mashhur zamonaviy nemis rassomi Leon Lyoventraut tomonidan bo‘yalgan edi, deb xabar beradi Motor.
Peel P50 uch g‘ildirakli minimobil bo‘lib, Britaniyaning Peel Engineering kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Modelda bitta eshik va yagona fara mavjud. Mitti mashinaga bitta odam sig‘adi va u dunyodagi eng kichkina seriyali avtomobil sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Peel P50 uzunligi 1372 millimetrni, eni esa 991 millimetrni tashkil etadi.
Foto: Motor-klassik
Avtomobil 4,2 ot kuchiga ega 49 kubli motosikl dvigateli bilan jihozlangan. Agregat uch pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi ve tezligi soatiga 61 kilometrgacha yetishi mumkin. Maksimal tezligi haydovchining og‘irligiga bog‘liq. Mitti modelning yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 2,8 litrni tashkil etadi. Peel P50 1962—1965 yillar davomida ishlab chiqarilgan. Bu davr mobaynida konveyrdan 50 dona minimobil chiqqan bo‘lib, hozirga qadar ularning 27 nusxasi saqlangan.
Sotuvga qo‘yilgan va kuzovi Leon Lyoventraut tomonidan bo‘yalgan avtomobil klassik modelning zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Modelning minimal narxi 15 879 funt sterling bo‘lib, art-kar narxi esa — 150 ming yevroni tashkil etadi.
Foto: Motor-klassik
Foto: Motor-klassik “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”