Foto: Motor
Norvegiyalik Genri Harrfeldt 78 yoshga to‘lishi munosabati bilan 2018 yilgi McLaren 720S Spider rodsterini xarid qildi. Keksa yoshli erkak superkardan deyarli har kuni foydalanmoqda, deb xabar beradi Motor.
Genrining so‘zlariga ko‘ra, u superkar juda past va «podvestka»si qattiq bo‘lishiga qaramay, undan har kuni foydalanib rohatlanadi. Ta’kidlashicha, unga 4,317 million kronlik (441 ming dollar) McLaren 720S Spider’ning dinamikasi yoqadi.
78 yoshli britaniyalik erkakning 40 yoshli Shelby Cobra va 38 yoshli Ford GT 40 mashinalari ham bor bo‘lib, u mazkur avtomobillardan dam olish kunlari foydalanib turadi. Biroq erkakning fikricha, ushbu mashinalarni boshqarish qiyin, chunki ular poyga yo‘llari uchun mo‘ljallangan, shu sababli u zamonaviy McLaren’ni xarid qilishga qaror qilgan.
McLaren 720S Spider rodsteri birinchi bor 2018 yilning oxirlarida ishlab chiqarilgan bo‘lib, unga 720 ot kuchiga ega 4,0 litrli V8 biturbomotori o‘rnatilgan. Agregat yetti pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Mashina soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada erishadi. Maksimal tezligi 341 km/soatga teng. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi