10:53 / 06.09.2020
2 698

Reper Kane Uest sovg‘a uchun Rossiya yo‘ltanlamasini sotib oldi (foto)

Reper Kane Uest sovg‘a uchun Rossiya yo‘ltanlamasini sotib oldi (foto)
Foto: Instagram / @2chainz
Amerikalik hip-hop qo‘shiqchi Kane Uest o‘zining Rossiyada ishlab chiqarilgan «Sherp» yo‘ltanlamaslariga bo‘lgan qiziqishi bilan tanilgan. U Vayomingdagi ranchosiga borish uchun ikkita shu turdagi mashinadan sotib olgan, 2020 yil boshida esa ulardan o‘zining Yeezy krossovkalari kampaniyasini reklama qilishda foydalangan, deb xabar beradi «Auto.mail.ru».

2 Cheynz taxallusi ostidagi Tauxid Epps ismli reper o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ertalab uyg‘onib uyining yonida «Sherp» yo‘ltanlamasiga duch kelganini yozib qoldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, 12 sentabr kuni 43 yoshga to‘ladigan reperga ushbu mashinani Uest tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a qilgan.

Mashinadagi peshlavhada «2 Cheynz uchun» deb yozilgan va Injildan iqtibos keltirilgan: «O‘z aql–idrokingga suyanma, butun qalbing bilan Egamizga ishon. Har ishingda Egamizni e’tirof et, shunda U yo‘llaringni to‘g‘rilaydi» (3-bob, 5-6 oyat).

Foto: Instagram / @2chainz
Sherp Pro 44,3 ot kuchiga ega 1,5 litrli dizel dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Quvvat barcha g‘ildiraklarga uzatiladi.

Foto: Instagram / @2chainz
Yo‘ltanlamas aluminiy korpusga ega bo‘lib, og‘irligi 1300 kilogrammni tashkil etadi. Bir tonna yukni ko‘tarishga qodir mashina soatiga 2-3 litr yoqilg‘i sarflaydi. Sherp narxi 87 ming dollardan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Reper Kane Uest sovg‘a uchun Rossiya yo‘ltanlamasini sotib oldi (foto)