Foto: REUTERS/William DeShazer
Yaqin yillarda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda turli rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilyapti. Bu haqda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida ma’lum qilindi.
Dasturga ko‘ra, keyingi yillarda quyidagi xorijiy hamkorlar bilan birgalikda turli rusumli avtomobillar ishlab chiqarilishi belgilangan:
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 2021-2022 yillar davomida «ADM Jizzax» MCHJ tomonidan 100 ming dona «Lada», «KIA», «Reno» rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyiha Janubiy Koreya bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va uni Koreyaning tashqi iqtisodiy faoliyati banki moliyalashtiradi. Loyihaga kiritilayotgan investitsiya qiymati 60,9 million dollar.
Jizzax shahridagi «Avto Motors Aziya» MCHJ negizida, Xitoyning «China Dong Feng Motor Industry Imp. & Exp. CO. Ltd» va «Nebei Changan Automile CO. Ltd» bilan hamkorlikda, 2021-2022 yillar oralig‘ida krossoverlar, yuk avtomobillari va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 10,5 million dollar.
Avstriyaning «PARSALPINE MANAGEMENT GMBN» kompaniyasi bilan hamkorlikda 2020-2021 yillarda «Navoiy-Motors» XKda avtomobil (pikap, kichik yuk mashinasi, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil) va traktor ishlab chiqarish tashkil etiladi. Loyiha qiymati 12 million dollar.
Turkiyaning «Manas Savunma AS»si bilan hamkorlikda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 2021 yilda «Manas avto-sanoat» MCHJda yuk avtomobillari ishlab chiqarish tashkil etiladi (yiliga 3 ming dona). Loyihaning qiymati 8 million dollar.
BAAning «Mustafa Rent A Car L.L.C» kompaniyasi bilan hamkorlikda, Namangan viloyatining Chust tumanida, «Namangan changan motors» MCHJda yiliga 1,8 mingta avtomobil ishlab chiqarish va yig‘ish tashkil etiladi.
Xitoyning «Beijing Automotive Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Denov tumani «Abbos-Eko Agro» MCHJda yiliga 10 ming dona yengil avtomobil, miniven va kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish reja qilingan.
2019 yil 18 iyul kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarorida 2019 — 2023 yillarda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha , yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha, avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish reja qilingandi.
Avvalroq, «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi hududida Fransiyaning «Peugeot Citroen Automotive»zavodi bilan hamkorlikda Peugeot Expert va Peugeot Boxer rusumidagi eksportbop tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan edi, ammo ishlar rejadagiday bajarilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi