10:10 / 10.06.2021
1 695

Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi

Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi

Toshkent shahri Sergeli tumanida ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan jinoiy guruh aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda fuqaro I.U. va boshqalar “M.L.” MCHJdan ijara shartnomasiga asosan avtotransport vositasini olgan 39 nafar fuqaroni chuv tushirgani aniqlandi.

Firibgarlar go‘yoki fuqarolarning to‘lovlari o‘z vaqtida MCHJga kelib tushmayotganligini iddao qilib, ulardan mashinalarni qaytarib olishgan. Keyin MCHJ rahbarining xabardorligisiz boshqa shaxslarga sotib yuborishgan. Natijada jamiyat manfaatlariga 5,3 mlrd so‘m zarar yetkazishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi