Foto: Royal Air Force
Buyuk Britaniya Qirollik havo qo‘shinlarida foydalanish uchun yaratilgan yangi transport vositasi namoyish etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Qirollik harbiy-havo kuchlari haydovchisiz boshqariladigan avtomobilda aerodromdagi kundalik ishlarida sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Mashina soatiga 95 kilometr tezlikda harakatlanib, «xodimlarni chigal vazifalardan ozod qilish» maqsadida buyumlarni Oksfordshirdagi harbiy bazaga yetkazib beradi.
Oksfordshirdagi Brayz Norton harbiy bazasi Kar-Go nomli haydovchisiz boshqariladigan elektromobil ustida Robototexnika akademiyasi bilan hamkorlikda ish olib boryapti. U Qirollik harbiy-havo qo‘shinlari bazasiga turli asbob-uskunalarni yetkazib beradi. Ixtirochilar avtobus ichida joylashgan mobil qo‘mondonlik punktidan turib haydovchisiz boshqariladigan avtomobilning harakatlarini kuzatadi.
Belgilangan joyga yetib kelishi bilan mashinaning lyuki avtomatik ravishda ochiladi va xodim uning ichidagi yukni olishi mumkin. Ayrimlarning ta’kidlashicha, miltillovchi chiroqlari, yonga bo‘rtib chiqqan g‘ildiraklari va keng yukxonasi sabab u ulkan yashil kompyuter sichqonchasiga o‘xshaydi. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Britaniya havo kuchlari kattaroq yuklarni, masalan, samolyot shinalarini tashish uchun boshqa shu kabi mashinalarni buyurtma qilishi mumkin.
Foto: Royal Air Force
«Bazada avtonom boshqaruv texnologiyasining foydalanilishi katta afzalliklarni beradi. Yakunda biz ishlatiladigan materiallar, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, samolyotlarga yoqilg‘i quyish, uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash kabi xizmatlarni taqdim eta oladigan turli darajadagi avtonomlikka ega haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning parkini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi», — deydi eskadrilya komandiri Toni Seston.
Qoidalarga ko‘ra, faqatga maxsus o‘qitilgan va vakolatga ega xodimlari aviabazada asbob-uskunalarni tashishi mumkin, ammo avtonom transport vositasidan foydalanish ularning vaqtini tejashga xizmat qiladi. Bu kabi avtomobillar elektr energiyasida harakatlangani sabab atmosferaga zararli moddalarni chiqarmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?