14:23 / 24.09.2021
700

Ulkan yashil kompyuter sichqonchasi: britaniyaliklar noodatiy avtomobilni namoyish etdi

Ulkan yashil kompyuter sichqonchasi: britaniyaliklar noodatiy avtomobilni namoyish etdi
Foto: Royal Air Force
Buyuk Britaniya Qirollik havo qo‘shinlarida foydalanish uchun yaratilgan yangi transport vositasi namoyish etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Qirollik harbiy-havo kuchlari haydovchisiz boshqariladigan avtomobilda aerodromdagi kundalik ishlarida sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Mashina soatiga 95 kilometr tezlikda harakatlanib, «xodimlarni chigal vazifalardan ozod qilish» maqsadida buyumlarni Oksfordshirdagi harbiy bazaga yetkazib beradi.

Oksfordshirdagi Brayz Norton harbiy bazasi Kar-Go nomli haydovchisiz boshqariladigan elektromobil ustida Robototexnika akademiyasi bilan hamkorlikda ish olib boryapti. U Qirollik harbiy-havo qo‘shinlari bazasiga turli asbob-uskunalarni yetkazib beradi. Ixtirochilar avtobus ichida joylashgan mobil qo‘mondonlik punktidan turib haydovchisiz boshqariladigan avtomobilning harakatlarini kuzatadi.

Belgilangan joyga yetib kelishi bilan mashinaning lyuki avtomatik ravishda ochiladi va xodim uning ichidagi yukni olishi mumkin. Ayrimlarning ta’kidlashicha, miltillovchi chiroqlari, yonga bo‘rtib chiqqan g‘ildiraklari va keng yukxonasi sabab u ulkan yashil kompyuter sichqonchasiga o‘xshaydi. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Britaniya havo kuchlari kattaroq yuklarni, masalan, samolyot shinalarini tashish uchun boshqa shu kabi mashinalarni buyurtma qilishi mumkin.

Foto: Royal Air Force
«Bazada avtonom boshqaruv texnologiyasining foydalanilishi katta afzalliklarni beradi. Yakunda biz ishlatiladigan materiallar, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, samolyotlarga yoqilg‘i quyish, uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash kabi xizmatlarni taqdim eta oladigan turli darajadagi avtonomlikka ega haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning parkini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi», — deydi eskadrilya komandiri Toni Seston.

Qoidalarga ko‘ra, faqatga maxsus o‘qitilgan va vakolatga ega xodimlari aviabazada asbob-uskunalarni tashishi mumkin, ammo avtonom transport vositasidan foydalanish ularning vaqtini tejashga xizmat qiladi. Bu kabi avtomobillar elektr energiyasida harakatlangani sabab atmosferaga zararli moddalarni chiqarmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Ulkan yashil kompyuter sichqonchasi: britaniyaliklar noodatiy avtomobilni namoyish etdi
[/banner_pushhouse