10:58 / 16.12.2022
3 972

Zelenskiy urushni tugatishning yagona shartini aytdi

Zelenskiy urushni tugatishning yagona shartini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «The Economist» nashriga bergan intervyusida Rossiya qo‘shinlarining 1991 yilgi chegaralarga qaytishi Ukrainadagi janglarni tugatishning yagona yo‘li ekanini aytdi.

«Men aytayotgan yagona farq — yo biz ularni haydab chiqaramiz yoki ular o‘z-o‘zidan ketishadi», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, uning mamlakati 24 fevraldan keyin Rossiya bosib olgan hududlarini qaytarib olishga yordam bermoqda. Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyati(Donetsk, Lugansk, Zaporoje, Xerson)ning katta qismini egallab olgan.

Avvalroq Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari Rojdestvo bayramigacha chiqib ketib, tinchlikka erishishi mumkinligini ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo