Oxfam xayriya tashkiloti boylar uchun yangi soliq joriy etishga chaqirdi

Dunyo1 daqiqa o'qish145
Oxfam xayriya tashkiloti boylar uchun yangi soliq joriy etishga chaqirdi

Foto: iStock

Oxfam xayriya tashkilotlari birlashmasi o‘zining yillik hisobotida dunyoda ijtimoiy tengsizlik muammosi kuchayib borayotgan bir paytda, 5 million dollardan ortiq aktivlarga qo‘shimcha soliq solishga chaqirdi. Bu haqda 15 yanvar, dushanba kuni chop etilgan Oxfam hisobotida aytiladi.

«Milliardlab odamlar pandemiya, inflyatsiya va urushning zarba to‘lqinlariga dosh berar ekan, milliarderlarning boyligi yanada ko‘paymoqda», dedi Oxfam Germany ijrochi raisi Serap Altinisik Inequality Inc. (Tengsizlik) hisobotini e’lon qilar ekan.

Oxfam ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng badavlat besh kishisi 2020 yildan beri o‘z boyligini ikki baravar ko‘paytirdi, ya’ni 405 milliard dollardan 869 milliard dollargacha. Oxfam hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yildan beri dunyodagi barcha milliarderlar jami 3,3 trillion dollarga boyigan. Bu ularning boyligi inflyatsiya darajasidan uch baravar yuqori sur’atda o‘sganini anglatadi, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari. Shu bilan birga, xuddi shu davrda dunyodagi eng kambag‘al 5 milliard kishi inflyatsiya tufayli 20 milliard dollar yo‘qotdi.

Boylarga soliq solish taklifi

«Bizga katta boylik uchun soliq kerak, shunda o‘ta boylar ham umumiy manfaatga o‘z hissasini qo‘shadi», dedi Altinisik. Xususan, Oxfarm qiymati 5 million dollardan ortiq bo‘lgan aktivlar uchun ikki foiz, 50 million dollardan ortiq aktivlar uchun uch foiz va 1 milliard dollardan ortiq aktivlar uchun besh foiz soliq undirishni taklif qildi. Yig‘ilgan mablag‘larni iqlimni muhofaza qilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotga yo‘naltirish taklif etilgan.

Germaniyada, Oxfam hisob-kitoblariga ko‘ra, shunga o‘xshash soliq yiliga 93,6 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. Germaniyada 200 mingga yaqin odam bunday soliqlarni to‘lashga majbur bo‘ladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?