
Foto: TVI
“An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards marosimida Jorjina Rodrigesni “mening xotinim” deb atadi.
Dunyoning eng yaxshi futbolchilariga mukofotlarni topshirish uchun tashkil etilgan kechada bir necha bor sahnaga chiqqan afsonaviy toʻpurarning nutqida Daily Mail ushbu noodatiy tafsilotga e'tibor qaratdi.
Krishtianu oʻz yaqinlariga mukofotlar uchun minnatdorchilik bildirib, oʻz nutqida Jorjinani “mening xotinim” deb atagan. Ingliz nashriga koʻra, bu Ronaldu va uning qiz oʻrtogʻi yashirincha turmush qurgani va bu haqda hozircha hech kimga aytmayotganidan darak beradi.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu Yaqin Sharqda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Globe Soccer Awards mukofotini olgan edi.
Avvalroq juftlik Dubaydan 25 million evroga er sotib olgani xabar qilingandi. Jorjina va Ronaldu 5 farzandni tarbiya qilib kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar