Xitoy rasmiylari va avtomobil ishlab chiqaruvchilari Drezden va Osnabryukdagi Volkswagen’ga tegishli yopilish xavfi ostida turgan ikkita zavodni sotib olishlari mumkin. Xaridorlar orasida Chery va BYD ishlab chiqaruvchilari borligi aytilyapti.
Reuters agentligining tushuntirishicha, Volkswagen zavodining sotib olinishi Xitoyga nemis avtomobilsozlik sanoatida, ayniqsa eng qadimgi va nufuzli avtomobil brendlari taqdim etilgan premium segmentda oʻz ta'sirini kuchaytirishga imkon beradi.
Xitoy kompaniyalari hozirda Germaniya iqtisodiyotining telekommunikatsiyadan robototexnikagacha boʻlgan turli sohalariga sarmoya kiritmoqda va hatto, Mercedes-Benz ham ikkita yirik xitoylik aktsiyadorga ega.
Germaniyada Evropada sotiladigan avtomobillarni ishlab chiqarish xitoyliklik sarmoyadorlarga, shuningdek, Evroittifoq import bojlaridan qochish imkonini beradi. Oʻz navbatida, Evropa ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshligiga qoʻshimcha xavf tugʻdirishi ham istisno qilinmayapti.
Reuters manbasi Xitoyning Volkswagen zavodlariga sarmoya kiritishi Germaniya hukumatining fevraldagi saylovlardan keyin Xitoyga nisbatan tutgan pozitsiyasiga bogʻliq boʻlishini aytgan.
Ma'lumot uchun, 2024 yil dekabr oyi oxirida Volkswagen ishlab chiqarish quvvatini 734 mingta avtomobilga qisqartirishini e'lon qilgan edi. Bu kompaniyaning Germaniyadagi umumiy quvvatini taxminan chorak qismini tashkil etadi. Shuningdek, nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi mamlakatdagi zavodlarida 35 ming ish oʻrinlarini qisqartiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar