21:21 / 14.02.2025
2 970

Hindistonlik 14 yoshli bola bir kunda oltita jahon rekordini oʻrnatdi (video)

Hindistonlik 14 yoshli bola bir kunda oltita jahon rekordini oʻrnatdi (video)
Foto: Guinness World Records
“Kalkulyator odam” nomini olgan hindistonlik 14 yoshli bola aql bovar qilmaydigan arifmetika mahoratini namoyish etib, bir kunda oltita jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida xabar berildi.

Maxarashtralik vunderkind — Aaryan Shukla ismli maktab oʻquvchisi oʻzining birinchi rekordini bir yil avval oʻrnatgan edi: u 25,19 soniya ichida 50 ta besh xonali raqamlarni qoʻshishga muvaffaq boʻlgan.

Oʻsha kundan e'tiboran bola doimiy ravishda matematika va mental arifmetika bilan shugʻullanib kelmoqda. Ginnesning rekordlar kitobi vakillari yangi rekordlarni qayd etish uchun uni Dubayga taklif qilishdi. Endi Aaryanning hisobida yana oltita mukofot bor.

Foto: Guinness World Records
Bola 30,9 soniya ichida miyasida 100 ta toʻrt xonali sonlarni, 1 daqiqa 9,68 soniyada 200 ta toʻrt xonali sonlarni, 18,71 soniyada esa 50 ta besh xonali sonlarni qoʻshdi.

Aaryanga 20 xonali sonni 10 xonali songa boʻlish uchun 5 daqiqa 42 soniya kerak boʻldi. Shuningdek, u ikkita besh xonali sonlarni ikkita sakkiz xonali sonlarga koʻpaytirishi uchun 51,69 soniya va 2 daqiqa 35,41 soniya kerak boʻldi.

Aaryan aqlini charxlash va noyob qobiliyatini yanada rivojlantirish uchun kuniga besh-olti soat mashq qiladi. Shu bilan birga, bunday katta tezlikda koʻp xonali sonlarni hisoblash qobiliyati qayerdan va nima sababdan paydo boʻlganini oʻzi ham bilamaydi:

“Men miyamda nimalar yuz berayotganini aniq ayta olmayman. Bu jarayon menda tabiiy ravishda davom etadi. Hisoblash shunchalik tez amalga oshadiki, bu vaqtda oʻylash uchun vaqtingiz juda ziq boʻladi. xayolim faqatgina misolni echish bilan band boʻladi”, deydi rekordchi.

Foto: Guinness World Records
Aaryanning otasi farzandining matematik iqtidori sababini tushuntirib bera olmaydi. Hozirda Aaryanning ota-onasi oʻgʻlining oʻqishi tufayli haddan tashqari stressga tushmasligi uchun uni nazorat qilib boradi.

Foto: Guinness World Records
Maktab darslaridan tashqari kundalik arifmetik mashgʻulotlar koʻp vaqt va mehnat talab qilishiga qaramay, Aaryan dam olishga ham vaqt topadi. Masalan, u meditatsiya qilishni, sarguzasht va detektiv asarlarni oʻqishni, video oʻyinlar oʻynashni, kriket bilan shugʻullanishni hamda sayohat qilishni yaxshi koʻradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo