date

Istanbul suv omborlarida faqat 2,5 oylik zaxira qoldi

Istanbul suv omborlarida faqat 2,5 oylik zaxira qoldi

Turkiyaning eng ko‘p aholiga ega Istanbul shahrini suv bilan ta’minlovchi omborlarda suv zaxirasi yog‘ingarchilik bo‘lmasa, faqat 75 kunga yetadi, deb hisob-kitoblar asosida xabar berildi.

Istanbul suv va kanalizatsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda suv omborlari 27,8 foizga to‘lgan (868 million kub metrdan 241,3 million). Bu ko‘rsatkich oxirgi o‘n yildagi eng past natija bo‘lib, 2023-yilni hisobga olmaganda xuddi shu vaqtda suv omborlari 16 foizga to‘lgan edi.

Aprel oyidan beri suv zaxiralari 80 foizdan muntazam ravishda pasayib bormoqda. Shaharni suv bilan ta’minlovchi o‘nta ombordan hozirda faqat bittasi chorakdan ko‘proq to‘lgan, to‘rttasi esa ikki foizdan kam miqdorda suv saqlamoqda.

Hukumat 16 million aholiga ega shahar har kuni taxminan 3,18 million kub metr suv iste’mol qilishini ta’kidlab, aholini suvni tejashga chaqirmoqda. Istanbul munitsipaliteti sinoptiklari kelasi hafta shaharda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkinligini ham prognoz qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yildagi qattiq qurg‘oqchilik tufayli shahar hokimiyati bog‘lar va shaxsiy xiyobonlarga suv ta’minotini vaqtinchalik to‘xtatgan edi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbul suv omborlarida faqat 2,5 oylik zaxira qoldi