Ebola virusi bo‘yicha shoshilinch vaziyat: tarqalish tez, choralar kuchaytirilmoqda

Ebola virusi bo‘yicha shoshilinch vaziyat: tarqalish tez, choralar kuchaytirilmoqda
Qisqacha

Markaziy Afrikada Ebola virusining rekord darajada tez tarqalishi va tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan muloqotda bo'lgan shaxslarni kuzatishga ulgurmayotgani xavotirli tus olmoqda. Dunyodagi eng xavfli infeksiyalardan biri hisoblangan bu kasallikdan o'lim ko'rsatkichi ayrim holatlarda 90 foizgacha yetishi mumkin.

Markaziy Afrikada Ebola virusining tarqalishi xavotirli tus olmoqda. Xabarlarga ko‘ra, kasallik rekord darajada tez yoyilayotgan bo‘lib, tibbiyot xodimlari bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni kuzatishga ulgurmayapti. Mutaxassislar bu holatni virusli kasalliklar uchun eng xavfli ssenariylardan biri sifatida baholamoqda.

Ma’lum qilinishicha, vaziyatning jiddiylashuvi ortidan qator davlatlar xavf yuqori bo‘lgan hududlardan keluvchilarga nisbatan chegara nazoratini kuchaytirmoqda. Ayrim mamlakatlar esa xavf zonasi bilan bog‘liq qo‘shimcha cheklov choralarini joriy etgan.

Ebola virusi dunyodagi eng xavfli infeksiyalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim holatlarda kasallikdan o‘lim ko‘rsatkichi 90 foizgacha yetishi mumkin. Shuningdek, virus og‘ir asoratlar va kuchli jismoniy azoblarni keltirib chiqarishi bilan ham xavfli sanaladi.

Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari aholini rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishga chaqirmoqda. Ayni paytda virus tarqalishining oldini olish va uni nazorat ostiga olish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar