Yaponiyada bog‘cha bolalarini yozgi issiqdan asrash uchun ajoyib yechim topishdi!

Yaponiyada bog‘cha bolalarini yozgi issiqdan asrash uchun ajoyib yechim topishdi!

Yaponiyadagi bog‘chalardan birida bolalarning yozgi issiqda ham ochiq havoda xavfsiz o‘ynashi uchun noodatiy yechim joriy etildi. O‘yin maydonchasi ustiga 25 metrga 30 metr o‘lchamdagi ulkan matoli soyabon o‘rnatildi.

Taxminan 750 kvadrat metr hududni qoplaydigan konstruksiya quyosh nurlarini to‘sadi, biroq havo aylanishiga xalaqit bermaydi. Shu sabab uning ostidagi harorat ochiq maydonga nisbatan ancha salqin bo‘ladi.

Soyabonning yana bir afzalligi — uni ehtiyojga qarab oson ochish va yopish mumkin. Buning uchun katta qurilish ishlari ham talab etilmaydi.

Loyiha ishga tushirilgach, bolalar soyabon ostida erkin va xursand bo‘lib o‘ynay boshladi. Oddiy ko‘ringan bu tashabbus bolalar salomatligini asrashda juda samarali yechim bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar